Ushbu ommaviy oferta cynox.uz xizmatlaridan foydalanish bo'yicha qoidalar va shartlarni belgilab beradi. Xizmatlarimizdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozi ekanligingizni bildirasiz.
Barcha to'lovlar xizmat ko'rsatishdan oldin amalga oshiriladi (pre-paid). Xizmatlar faqat hisobda yetarli mablag' bo'lganda taqdim etiladi. Foydalanilmagan muddat uchun mablag' qaytarilmaydi (alohida holatlar bundan mustasno).
Biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashga harakat qilamiz, ammo parollar va login ma'lumotlarining xavfsiz saqlanishi uchun foydalanuvchining o'zi javobgar hisoblanadi.
cynox.uz uchinchi shaxslarning harakatlari, shuningdek, internet tizimidagi nosozliklar oqibatida kelib chiqadigan zararlar uchun javobgar bo'lmaydi. Sayt ma'lumotlarining zaxira nusxalarini (backup) yaratish foydalanuvchining shaxsiy mas'uliyati hisoblanadi.